2024-yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, ularning o‘rinbosarlari ish haqini esa 30 foizga oshirish reja qilinyapti, deya ma’lum qildi prezident. Og‘ir maktablar uchun davlat granti asosida maqsadli pedagoglarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2022-yilda O‘zbekistonda oyligidan soliq to‘layotganlar soni 215 mingga oshib, 5 mln kishiga yetdi. Ularning aksariyati hali ham 1−2 mln so‘m maosh oladi, biroq ularning ulushi pasayishda davom etmoqda. Shu bilan birga, 4−5,5 mln so‘m va undan ortiq maoshga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni keskin oshgan.
1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oyligi hamda stipendiyalar 10%ga oshiriladi. Ushbu sanadan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori ham oshirilmoqda.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng ko‘p oylik ish haqini Navoiy va Toshkent viloyatlari ishchilari olishadi. Eng kam oylik ish haqi sog‘liqni saqlash sohasida bo‘lsa, eng yuqorisi bank va IT sohalarida bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting